Fikrlashning ikki qanotini birga rivojlantiring

FikrLab — universitet talabalari uchun tanqidiy va kreativ fikrlash ko'nikmalarini interaktiv mashqlar, AI-yordamchi va real vaziyatlar orqali rivojlantiruvchi o'quv muhiti. Barcha yo'nalishlar uchun, to'liq o'zbek tilida.

30
o'quv moduli
450
dars strukturasi
16
AI vosita
13+
yo'nalish uchun

Nima uchun FikrLab?

Oddiy onlayn kurs emas — fikrlashni mashq qiladigan interaktiv muhit

Tanqidiy laboratoriya

Argument tahlili, mantiqiy xatolar, dalil baholash, manba tekshiruvi — 16 modulda real keyslar bilan.

Kreativ laboratoriya

SCAMPER, aqliy xujum, olti shlyapa, dizayn-tafakkur — 14 modulda g'oyani yechimga aylantirish.

AI yordamchi

Yozma javobni baholaydigan, keys yaratadigan, debat qiladigan va shaxsiy tavsiya beradigan 16 AI vosita.

Gamifikatsiya

XP, darajalar, nishonlar, kunlik missiyalar va reyting — o'rganishni odatga aylantiradi.

Inklyuziv dizayn

WCAG 2.2 AA: ovozli o'qish, disleksiya shrifti, yuqori kontrast, ovozli navigatsiya — hamma uchun.

O'qituvchi paneli

Har modulda 15 dars: 4 tasi tayyor, qolganini o'qituvchi o'z metodikasi bilan to'ldiradi.

Ilmiy asoslangan metodika

Har dars 5 bosqichli o'quv sikli asosida qurilgan

1

Faollashtirish

Kirish va real vaziyat bilan qiziqish uyg'otish

2

O'zlashtirish

Nazariya, infografika va misollar

3

Amaliyot

Interaktiv mashq, keys va mini loyiha

4

Baholash

Test, AI fikr-mulohaza va rubrika

5

Refleksiya

Mulohaza va uyga vazifa bilan mustahkamlash

yoki

Demo rejimda ma'lumotlar qurilmangizda saqlanadi. Firebase ulanganda bulutli bo'ladi.